Barcha yangiliklar     Jahonda     Siyosat     Jamiyat     Iqtisodiyot     Moliya     Sug'urta      Barcha loyihalar Ro'yxatdan o'tish  /  Kirish
Tizimga kirish
Login
Kalit so'z
Mahfiy so'zni eslash
Ro'yxatdan o'tish
O'zbekistonning yangiliklari - UzReport.uz
Mobil muhbir Facebook   Twitter   RSS RU  EN  UZ
Bosh sahifa  

Madaniyat

 
 
24 sentyar kuni "Istiqlol" san'at saroyida bo'lib o'tadigan "Mening Toshkentim" myuziklining bayram versiyasi bu yilgi kuz mavsumining asosiy madaniy tadbirlaridan biri bo'lishi kutilmoqda. Unda yurtimiz san'atkorlari bilan bir qatorda rossiyalik taniqli xonanda va aktyor Soso Pavliashvili ham ishtirok etadi.
 
Boy tariximizni o'rganish, dunyo tamadduniga ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy-ma'rifiy merosini, ularning so'nmas xotiralarini e'zozlash har birimizning fuqarolik burchimizdir. Ayni shu ma'noda har yili mamlakatimizda sentyabr oyining birinchi yarmida muzeylar haftaligi keng nishonlanadi. Bu yili ham an'anaga ko'ra, mamlakatimizdagi mavjud barcha muzeylarda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'z ishini boshladi.
 
2016 yil 10-11 sentabr kunlari O'zbekiston Yoshlar teatri sahnasida nemis tilida so'zlashuvchi o'zbekistonlik havaskor teatr guruhlarining an'anaviy teatr festivali bo'lib o'tadi. Ushbu festival doirasida Toshkent, Farg'ona, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi Wiedergeburt" nemis madaniyati markazlarining havaskor teatr guruhlari so'nggi bir yil davomida o'zlashtirgan asarlarni sahnada namoyish etishadi
 
O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov tavalludining 75 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Milliy kutubxonasida "O'tkir qalam sohibi" nomli xotira kechasi o'tkazildi. Tadbirda taniqli yozuvchilar, adabiyotshunoslar, filologlar, aktyorlar, maslakdoshlar hamda shoirning oila a'zolari yosh kitobxonlarga adibning hayoti va ijodi haqida samimiy fikrlar bildirishdi.
 
O'zbekiston Davlat san'at muzeyida "Mustaqil yurt ijodkorlari" nomli ko'rgazma ochildi. Ekspozitsiyadan mustaqillik yillarida ijodkorlar tomonidan yaratilgan 40dan ortiq san'at asarlari joy olgan. Mazkur ko'rgazma "Muzey xaftaligi" doirasida tashkil etildi.
 
Muzeylar haftaligi davom etmoqda   06.09.2016 18:11:57
"Muzeylar haftaligi" doirasida yana bir ko'rgazma Amaliy san'at muzeyida bo'lib o'tmoqda. Unda tomoshabinlar e'tiboriga G'ijduvonlik mashhur Nazrullayevlar sulolasi vakillari tomonidan yaratilgan kulolchilik asarlari namoyish etilmoqda. Qayd etish kerakki, ko'rgazmadan kulolchilik asarlari bilan bir qatorda kashtachilik ishlari ham o'rin olgan.
 
Ikuo Xirayama Xalqaro Madaniyat karvon saroyida Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag'ishlab "Istiqlol nashidasi" nomli konsert dasturi o'tkazildi. Mazkur dastur Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi, O'zbekiston-Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markazi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi xodimlari va ko'ngillilaridan iborat "Buyuk ipak yo'li navolari" klassik vokal guruhi tomonidan taqdim etildi.
 
Poytaxtimizdagi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon-saroyida Ahmad Boboyevning "Umr lahzalari" nomli shaxsiy ko'rgazmasi ochildi. Ekspozitsiyada muallif tomonidan romantik ramzlar uslulida yaratilgan 60 ga yaqin asar namoyish etilmoqda. Aytish joizki Ahmad Boboyev chizgan suratlar ko'pchincha afsonaviy, ba'zida esa mistik ma'noga yo'g'rilgan bo'ladi.
 
Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi Markaziy kengashi tashabbusi bilan "Shayx Xovandi Tohur" maqbarasi, "Abulqosim", "Baroqxon" va "Ko'kaltosh" madrasalari va "Ming o'rik" tarixiy majmuasi kabi poytaxtimizda qad rostlagan memoriy obidalarga onlayn sayohati tashkil etildi. "Muqaddas maskanlar zamondoshlar nigohida" nomi ostida o'tkazilgan sayohatda MTDP Toshkent shahar kengashi "Ayollar qanoti", "Yoshlar qanoti" faollari, partiyaning tuman va shahar kengashi vakillari ishtirok etishdi.
 
Mustaqillikning yigirma besh yilligi arafasida O'zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi nodavlat teleradiouzatuvchilar tizimida yilning eng muhim media voqeasi IX - "Ozod yurt to'lqinlari" an'anaviy media-festivali o'tkazildi.
 
<<<123456789101112131415>>>



Jamiyat
1 oktyabr ustoz va murabbiylar kuni

Jahonda
Shimoliy Koreya navbatdagi raketani uchirdi

Jahonda
Buyuk Britaniyadagi eng uzun most foydalanishga topshirildi

Jahonda
Angliyada 150 nafar odam noma'lum gazdan zaharlandi

Jahonda
Qurollangan odamlar 29 ta furani yoqib yuborishdi

Jahonda
AQSHning Qobuldagi elchihonasi yonida portlash yuz berdi

Jahonda
Xitoyda ko'chki oqibatida uch kishi halok bo'ldi


UzRating

.

Copyright © 1999 — 2017, O'zbekiston yangiliklari - UzReport.uz
2009 yil 14 dekabrda O'zbekiston matbuot va axborot agentligi
tomonidan berilgan royatga olish tog'risidagi 0605-sonli guvohnoma.
Agentlik haqida
Bizning xizmatlar
Ishga taklif etamiz
Sayt ma'lumotlaridan foydalanish
Yopiq ma'lumotlarga ulanish
Foydalanuvchining bitimi
Saytda reklama
Aloqalar
Mobil muhbir